СООБЩЕНИЕО ПРОВЕДЕНИИ ВНЕОЧЕРЕДНОГО ОБЩЕГО СОБРАНИЯ АКЦИОНЕРОВ — TBC Digital

СООБЩЕНИЕ AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIGʻILISHINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI XABAR

“TBC DIGITAL” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

“TBC DIGITAL” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashining 2025 yil 26 dekabrdagi qaroriga asosan 2026 yil 21 yanvar kuni soat 17:00 da Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

KUN TARTIBI:
1. 2025-yil uchun Jamiyatning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish maqsadida auditorlik tashkilotini tanlash, uning xizmat haqi miqdorining yuqori chegarasini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
2. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy
Elektron pochta manzili: nikoloz.k@tbcbank.uz.
Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2026 yil 21 yanvar, Toshkent vaqti boʻyicha soat 17:00 dan 18:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida oʻz vakilini almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish uchun byulletenlar yordamida amalga oshiriladi.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2026 yil 15 yanvar holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishib chiqish mumkin: nikoloz.k@tbcbank.uz.
Ma’lumot uchun telefon: (97) 763 33 09.

Skip to content